Seshanba, 29 Oktyabr 2024 09:06

Shinjon Universiteti rahbariyati bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo’yicha birinchi prorektori va universitet xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Samariddinov Xitoyning Shinjon Uyg'ur avtonom rayoniga tashrifi doirasida Shinjon Universitetiga tashrif buyurib universitet rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida Turizm sohasida O‘zbekiston va Shinjon o‘rtasida tajriba almashish, O‘zbekiston mutaxassislarini Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni madaniyat va turizm department hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorlikgida ishlab chiqilgan aniq reja bo’yicha Shinjonga malaka oshirish, ikki universitetning talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik  o‘rnatish masalasiga alohida e’tibor berildi.

Shinjon Universiteti delegatsiyasi joriy yilning dekabr oyida universitetimizga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

O'qilgan 217 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar