Bugun, 27-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov tomonidan “Logistika” va “Muzeyshunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun psixologik treninglar tashkil etildi.
Tadbirda hozirgi zamon insonining tushkunlik, ruhsizlik, hafsalasizlik holatiga tushishining psixologik sabablari haqida batafsil ma’lumot berildi. Amaliy qismda talabalarning ayni damdagi kayfiyatini ranglarda ko‘ruvchi psixologik texnika bajarildi. Guruhdagi jamoaviy ruh, jipslik, birdamlikni shakllantiruvchi harakatli o‘yinlar, tanani tonusga keltiruvchi psixogimnastik mashqlar qiziqarli tarzda amalda qo‘llanildi.
Treninglar ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi, talaba yoshlarning ko‘zlangan maqsadlari sari olg‘a borish uchun ajoyib motivatsiya bo‘ldi.
Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar Yutub kanalidagi ushbu kontent haqida yuqoridagi havola orqali kirib tomosha qilishingiz mumkin.
Sizni 2025-yil 28-fevral kuni soat 10:00da 230-ma’ruza zalida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishining iqtisodiy oqibatlari” mavzusidagi ilmiy seminarga taklif qilamiz.
Mazkur tadbir marketing va qabul bo‘limi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Mazkur uchrashuv O’zbekistonni JSTga a’zo bo ‘lishi va uning iqtisodiy oqibatlari, turizm sohasiga ta’siri kabi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish va sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Barcha qiziquvchilarni ushbu muhim ilmiy seminarda ishtirok etishga chorlaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-sonli "Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sohasida davlat xizmatlarining ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jurnali 2025-yil 27-fevralda xalqaro standart seriya raqamini (ISSN) oldi. Jurnal axboroti quyidagicha:
Jurnal nomi: Ipak yo‘li turizmi tadqiqotlari jurnali.
Berilgan ISSN raqami: 3060-530X
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti HOTEL BUSINESS FORUM – 2025 forumida "Kadrlar tayyorlash bo'yicha eng yaxshi universitet" sifatida e'tirof etildi. Mukofot 25-26 fevral kunlari o‘tkazilgan xalqaro forum munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda topshirildi.
Ushbu yuksak mukofot bilan universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilarini, xodimlarini va talabalarini muborakbod etamiz
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi talaba yoshlar orasida aholining ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilashda faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi (Ijtimoiy himoya yo’nalishida ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun TANLOV). Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bo‘lishi shart:
Talabgorlar quyidagi hujjatlar to‘plamini elektron shaklda Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga 2025-yil 15-mayga qadar yuborishlari mumkin:
Xat mavzusiga “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” deb yozish talab qilinadi. Hujjatlar qabul qilingani haqidagi javob xati yuboriladi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalida (https://t.me/ihri_uzb) e’lon qilib boriladi.
Tanlov shartlari bilan bog‘liq boshqa savollarni Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.
Respublikamizda haftaning har juma kuni “Milliy liboslar” kuni munosabati bilan universitetimiz professor-oqituvchilari, xodimlari va talabalarini ushbu aksiyada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan ushbu kun davomida barcha ishtirokchilar milliy liboslarda bolishlari tavsiya etiladi.
Safimizga qoshiling va haftaning har juma kuni universitetmizga milliy libosda keling!
Universitetimiz talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Talabalar turar joyida turli tadbirlar va musobaqalar tashkil qilib kelinyapti. Joriy yilning 23-fevral kuni tyuter P.Islomov boshchiligida universitetimiz Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil qilindi. Murosasiz o‘tgan musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda harakat qilishdi.
2025 yil 25-fevral kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida 1 va 4 bosqich talabalari va magistrlari o‘rtasida sportning Badminton turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin Ditto Allah
2-o‘rin Rashidov Davlatshoh
3-o‘rin Uktamov Aziz
Qizlar: 1-o‘rin Husainova Sitora
2-o‘rin Sidikova Sapura
3-o‘rin Umarova Sitora.
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari Indoneziyaning Gunadarma universiteti tomonidan tashkil etilgan turizm ta’limiga ixtisoslashgan yozgi o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
O‘quv kurslari davomida tinglovchilar indonez tili va madaniyati, turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan mahorat darslarida qatnashishmoqda.
Oʻqituvchilar hamda talabalar Gunadarma universitetining turizm ta’lim yo‘nalishiga oid oʻquv va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishishmoqda.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz