Payshanba, 27 Fevral 2025 14:58

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi talaba yoshlar orasida aholining ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilashda faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi (Ijtimoiy himoya yo’nalishida ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun TANLOV). Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bo‘lishi shart:

  • ijtimoiy himoya siyosati;
  • kambag‘allikni baholash va qisqartirish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi;
  • faol va sog‘lom keksayish;
  • parvarishlash iqtisodiyoti;
  • ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi;
  • migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
  • ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
  • adolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
  • rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
  • ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.

Talabgorlar quyidagi hujjatlar to‘plamini elektron shaklda Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga 2025-yil 15-mayga qadar yuborishlari mumkin:

  • talabgorning talabalik guvohnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat;
  • to‘liq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qo‘lyozmasi;
  • tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi.

Xat mavzusiga “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” deb yozish talab qilinadi. Hujjatlar qabul qilingani haqidagi javob xati yuboriladi.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalida (https://t.me/ihri_uzb) e’lon qilib boriladi.

Tanlov shartlari bilan bog‘liq boshqa savollarni Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar