Dushanba, 17 Mart 2025 17:48

“Rector’s CUP” ochiq turniri g‘oliblari aniqlandi.

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishini yanada yaxshilash maqsadida  sportning futbol turi bo‘yicha universitetimiz talabalari o‘rtasida “Rector’s CUP” ochiq turniri o‘tkazildi.

16-17 mart kunlari o‘tkazilgan ochiq turnirda jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, keskin kurash olib borishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra;

3-o‘rin - Unwantedboy jamoasi.

2-o‘rin - Krezus jamoasi.

1-o‘rin - Rektor kubogi-2025 chempioni – Xalqaro munosabatlar jamoasi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan ko‘chma kubok, medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'qilgan 42 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar