Chorshanba, 12 Mart 2025 11:26

Talabalarga universitet inspektori tomonidan turli mavzularda profilaktik suhbatlar olib borildi.

             Bugun 12-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti profilaktika inspektori Sh.Qurbonov Talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan profilaktik tadbirlar olib bordi. O‘zaro suhbat davomida jamoat joylarida yurish, turish madaniyatiga rioya qilish, boshqa talaba yoshlar bilan munosabatda o‘zaro hurmatda bo‘lish va huquqbuzarlik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish kabi masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.  

          Shuningdek suhbat davomida talabalar turar joyida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha talabalarga va yotoqxona mas’ullariga qo‘shimcha takliflar berildi.

O'qilgan 118 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar