Fransiya poytaxti Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadbir doirasida Parij shahridagi YSchools universiteti bilan Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlikda mobillik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek Sorbonne Paris Norde universiteti bilan universitetda ma’ruzalarga Fransuz mutaxassislarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.