"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida
talabalar va o‘qituvchilar uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun” loyihasi doirasida seminar o’tkazildi. Seminar davomida "Bir million dasturchi" loyihasi va uning talabalar uchun imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Coursera ta'lim platformasida online tarzda turli fan sohalari bo'yicha sertifikatlarga ega bo‘lish haqida tushuntirildi.