2025-yilning 15-martdan 15-aprelgacha Respublika hududida oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘quv markazi boshlig‘i boshchiligidagi guruh va universitetimiz mutasaddilari ishtirok etdi. O‘quv seminarida bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy tusdagi sel va ko‘chki bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar hamda ishchi xodimlar va talabalarni “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan soʻng harakatlanish qoidalari” mavzusida nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borildi va zarur tavsiyalar berildi.