Bugun 20-mart kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Ayniqsa universitetimizning bir guruh mahalliy va xorijlik talabalari tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlari ko‘plab bayram ishtirokchilarini bir joyga jamladi. Talabalarimiz nafaqat xalqimizning milliy urf-odatlarini balki ingliz, rus, hind, xitoy kabi xalqlarning ham madaniyatini namoyish qilishdi.
Universitetimiz jamoasi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar va chiqishlarga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboev o‘zining ijobiy fikrini bildirib o‘tdi. Navro‘z sayli universitetimiz jamoasining qalbini quvonch va shodlikka to‘ldirib, bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram tadbirlari davom etmoqda.