Joriy yilning 4-mart kuni universitetimiz tyuteri G.Husainova Talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida odob-axloqqa rioya qilish, ayniqsa kiyinish madaniyati borasida ommaviy madaniyatga emas aksincha milliyligimizdan kelib chiqib kiyimlar tanlash xususida davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek davra suhbatida odob axloq kodeksi haqida ham so‘z bordi. Samimiy muloqot shaklida o‘tgan davra suhbatida talabalarga zarur tavsiyalar berildi.