Birgina ommaviy madaniyat tushunchasining o‘ziyoq ana shunday tahdidlardan biri hisoblanadi. Ushbu buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish maqsadida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh yoshlar bilan "Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, uning ko‘rinishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.