Bugun 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi. Voleybol musobaqasi yakuniga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoaga esdalik sovgalari topshirildi.