Chorshanba, 26 Mart 2025 08:36

Universitetimizda "Yer soati" aksiyasi o‘tkazildi.

Bugun 25-mart kuni yurtimizdagi barcha davlat tashkilotlarida ushbu respublika aksiyasi o‘tkazilib, unga ko‘ra, bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni ixtiyoriy ravishda bir soat muddatda ko‘chaga chiqib sayr qilishi belgilangan.

Ushbu aksiya “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham o‘tkazildi. Aksiyada universitet binosi 13:00 dan 14:00ga qadar elektr tarmog‘idan uzildi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bir soat mobaynida sportning  shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi kabi o‘yinlari va  rasm chizish, maroqli suhbat qurish, sayr qilish kabilar bilan mashg‘ul bo‘ldi.

O'qilgan 197 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar