Chorshanba, 07 Iyun 2023 09:51

Turkolog-olimga Chingiz Aytmatov medаli topshirildi

Автор
Оцените материал
(0 голосов)

   “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi рrorektori, taniqli turkolog-olim, filologiya fanlari doktori, profеssor Jo‘liboy Eltazarov shu kunlarda Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo‘lib turibdi. 6-iyun kuni olimga Turkiy Davlatlar Tashkiloti huzuridagi Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti -TurkSOY tomonidan ta’sis etilgan Chingiz Aytmatov medali topshirildi. Professor Jo‘liboy Eltazarov dunyo va turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi Chingiz Aytmatov nomi bilan ataluvchi ushbu medal bilan turkiy til, madaniyat va san’atni uzoq yillar davomida chet ellarda targ‘ib qilishdagi hamda turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

     TurkSOYning Anqaradagi markaziy ofisidagi yig‘inda tashkilot Boshqaruvi raisi o‘rinbosari professor Bilal Chakiji gulduros qarsaklar ostida ushbu medalni  professor J.Eltazarovning  ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Olim o‘zining mukofotga javoban so‘zlagan qisqa nutqida TurkSOY Boshqaruviga kamtarona mehnatlarini yuqori baholangani uchun tashakkur aytdi va bundan buyon ham turkiy til madaniyatlarni o‘rganish va targ‘ib qilishga bor kuchini sarflashini ta’kidladi. Universitet jamoasi, professor, o‘qituvchilari ham ustozimizning ushbu ulkan yutug‘i bilan muborakbod etadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros

 xalqaro universiteti matbuot xizmati

O'qilgan 1018 marta Последнее изменение Seshanba, 12 Mart 2024 15:30
Kategoriya Yuksak e'tirof

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar