Chorshanba, 02 Oktyabr 2024 20:34

Universitetimiz birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari “Yangi O‘zbekiston poydevori” tadbiri bilan boshlandi

Joriy yilning 2-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig‘i N.Abduvahidova tomonidan, universitetning birinchi bosqich talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston poydevori” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga, Yangi O‘zbekistonning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va roli, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida gapirildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilganidek universitetimizda ham joriy yilning yangi oʻquv yilidan boshlab “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari qilinadi.

Bundan tashqari dasturda belgilanganidek “Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” shiori ostida uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusidagi tadbirlar tashkil etib boriladi.

O'qilgan 356 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar