Payshanba, 18 Yanvar 2024 16:58

Universitetimiz ilmiy salohiyati yanada mustahkamlanmoqda Избранное

Автор
Оцените материал
(0 голосов)

     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi  DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda 2023-yil  25-noyabr kunida 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)  ixtisosligidan “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan universitetimizning Axborot-resurs Markazi xodimi  Siroj Samiyevga yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan tegishli ilmiy daraja berildi.

     Universitetimizning Birinchi Prorektori prof. J.D.Eltazarov 18-yanvar kuni  bizning OTM xodimlari orasidan DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda birinchi bo‘lib dissertatsiya himoya qilgan  Siroj Samiyevni rahbariyat nomidan bu muvaffaqiyat bilan qutladi hamda unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini topshirdi.

O'qilgan 580 marta Последнее изменение Seshanba, 12 Mart 2024 14:39
Kategoriya Yuksak e'tirof

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar