Ma'lumki, Samarqand Turkologiya maktabi vakillari tomonidan fan hamda tadqiqotlarga qo'shilayotgan hissa dunyo turkologiya markazlari tarafidan e'tirof etilmoqda. Yaqinda qardosh Turkiya Respublikasining Istanbul universiteti huzuridagi mashhur Turkologiya instituti tomonidan taniqli turkolog-olim, universitetimizning Birinchi prorektori prof.Jo'liboy Eltazarovga bu ilmiy markazda 1925 yildan beri nashr etilib kelinayotgan ''Türkiyat Mecmuası''dan (''Turkologiya Jurnali'') ushbu obro'li ilmiy nashrning faoliyatiga tahrir hay'ati a'zosi sifatida hamkorlik qilish xususida taklif keldi.
Turkologiya, o'zbek tilshunosligi, Turk Dunyosi tadqiqotlari sohalariga doir 20 ta kitob, darslik va monografiyalar va 200 dan ziyod maqolalarning muallifi, keyingi yillarda turk va jahon ilmiy nashrlarida turkologiyaning dolzarb muammolariga 20 dan oid maqolalari turli tillarda e'lon qilingan samarqandlik olim ana shu xizmatlari uchun ''Türkiyat Mecmuası''ning tahrir hay'ati a'zoligiga munosib ko'rildi.
''Ulug' Otaturkning tashabbusi bilan tashkil etilgan Istanbul Universiteti huzuridagi Turkologiya institutining ''Türkiyat Mecmuası'' jurnali tahrir hay'ati a'zosi bo'lish mamlakatimiz hamda Samarqand davlat universitetidagi turkologiya tadqiqotlariga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilaman hamda bu tabarruk ilmiy nashrning faoliyatida faol ishtirok etish uchun butun kuch-g'ayratlarimni sarflayman', deb yozadi olim o'zining javob maktubida.
Eslatib o'tamiz, prof. Jo'liboy Eltazarov 2020-yildan beri Türk Dil Kurumu(''Turkiya Til akademiyasi'') muxbir a'zosidir va olim 2023-yilda TurkSOY tarafıdan xalqaro Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlangan edi.