Payshanba, 22 Avgust 2024 12:16

Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm” (faoliyat yo‘nalishlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 Jarayonlarda abituriyentlarning bilim va salohiyatini baholash uchun maxsus kommisiya tashkil etilgan bo’lib, komissiya a’zolari texnikum bitiruvchilarini odilona va shaffof tarzda sinovdan o’tkazishmoqda.

Shuningdek, suhbat jarayonlarini bevosita kuzatib borish uchun maxsus ekranlar orqali onlayn translyatsiya ham tashkil etilgan.

Suhbat bo‘yicha yakuniy natijalar shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.

O'qilgan 173 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar