“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir Samarqand tumani Shirinoba, Mironqul, Joʻyi Abbos, Mirshikor mahallalarida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari mustaqillik toʻgʻrisida ma’ruza qilishdi.
Tadbir yakunida sanʼatkorlarning chiqishlari mahalla ahliga kayfiyat bagʻishladi.