Chorshanba, 21 Avgust 2024 10:01

Universitetimizda Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi tashkil etildi

2024-2025-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi tashkil etildi.

Markaz talabalik davrida turar joy bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan yoki universitet yotoqxonasiga joylashmoqchi bo‘lgan talabalarni ro‘yxatga olish hamda ularga amaliy yordam berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida markaz onlayn faoliyat ham olib bormoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti zamonaviy shart-sharoitlar va qulay joyga ega bo‘lgan talabalar yotoqxonasiga ega.

Qo‘shimcha ma’lumot olish va xonaga joylashish uchun mas’ul xodimlarimizga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998662406769 +998662406780

O'qilgan 216 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar