Версия для печати
Juma, 15 Dekabr 2023 14:21

Universitetimiz o‘qituvchisi Istanbulda o‘tkazilgan konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari universitetimiz o‘qituvchisi Nargis Nurulla-Xojaeva Istanbulda o‘tkazilgan “Usmonli dunyosida astronomik bilimlarni uzatish kanallari (14-18 asrlar)” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi. Istanbul universitetining fan tarixi kafedrasi va institut tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiya 14-asrdan 18-asrgacha Usmonli imperiyasida astronomik bilimlarni ishlab chiqarish evolyutsiyasi va metodologiyasiga bag‘ishlandi.

Konferensiya yakunida universitetimiz professoriga ishtirokchi sifatidagi sertifikat topshirildi.   

O'qilgan 420 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar