Версия для печати
Juma, 22 Dekabr 2023 10:24

Mahorat darslari bilim va ko‘nikmani oshirishga xizmat qiladi

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilariga mahorat darslarini o‘tib kelishmoqda. Joriy yilning 21-dekabr kuni oliygohimizning “Turizm menejmenti” kafedrasi assistent-o‘qituvchisi Erkin G‘ulomxasanov ham texnikum o‘quvchilariga “Turizm”, “Servis va turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha va “Turoperatorlik xizmatlari: turistik paketlar yaratish va sotish” mavzularida mahorat darslari o‘tdi. Bu esa texnikum o‘quvchilarining turizm sohasini yanada chuquroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqshini oshirishga xizmat qildi.

O'qilgan 289 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar