Версия для печати
Chorshanba, 06 Mart 2024 15:28

Talabalarimiz o‘rtasida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqa tashqil qilindi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 5-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ishtirokida sportning badminton turi bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi.

 Keyingi yillarda universitetimizda badminton sport turi universitet talabalari orasida keng ommalashib bormoqda. Natijada talaba-yoshlar o‘rtasida bu sport turiga bo‘lgan qiziqish kun sayin oshib borayapti.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

O'qilgan 143 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar