Версия для печати
Chorshanba, 13 Oktyabr 2021 17:22

1-kurs talabalari uchun “oltin qoidalar”

2021-yilning 13-oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining Faollar zalida psixolog Dildora Turdiyeva va Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun uchrashuv o‘tkazildi.

Seminar-trening shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda psixolog talabalarning yangi sharoitga moslashishi, o‘quv jarayonining yengil va muammosiz o‘tishi borasida konstruktiv tavsiya va maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Bundan tashqari, u yosh yigit-qizlarni ochiq muloqotga chaqirib, ularning har qanday ijobiy ishlari, faoliyati universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqlab o‘tdi. Shuningdek, universitetda ijobiy psixologik muhit hukm surishida ikki tomonning uyg‘unligi, kelishuvi, birdamligi muhim rol' o‘ynashi haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan universitet Xotin-qizlar kengashi maslahatchisi Muhayyo Abbasova talaba qizlarga universitet Xotin-qizlar kengashining boshqaruv tarkibiy tuzilmasi bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish haqida tushunchalar berdi. Qizlarning kelgusi hayotida asqotadigan qimmatli maslahatlari, samimiy tilaklari bilan to‘planganlarning mehrini qozondi.

O'qilgan 3422 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar