Yangiliklar: Aprel 2024

Bahorning mana shunday iliq kishiga orom beradigan kunlari turizmning yanada jonlanishiga muhim turtki bermoqda.

Samarqand viloyat hokimligining Samarqand shahrida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 30-mart kuni Registon maydonida  “Ichki turizm yarmarkasi”si tashkil qilindi.

Ushbu yarmarkada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol ishtirok etib, oliygoh faoliyati haqidagi reklama roligini namoyish qilish bilan birga logosi, yuridik manzili, telefon raqamlari va mavjud yo‘nalishlari haqidagi axborot beruvchi flayerlarni tarqatdi. 

Tadbirda “Career-2024” yarmarkasi ham tashkil qilinib unda barcha turistik firmalar, mehmonxonalar, “Air Marakanda”, “Samarkand touristic centre” kabi yirik xususiy korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi tadbirda ushbu nufuzli tashkilotlarda oliygohimiz bitiruvchi talabalarining ham faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilindi. “Career-2024” yarmarkasi universitetimiz bitiruvchilari uchun kelgusida nufuzli turistik firmalarda va mexmonxonalarda faoliyat olib borishi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bitiruvchi talabalarimiz ushbu korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borishi uchun lozim bo‘ladigan dastlabki jarayonlarni amalga oshirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilayapti.

Joriy yilning 1- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar turar joyida, universitet  tyutori S.Abbasova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida talabalar uchun kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda  talabalar ingliz tilida mashhur mualliflarning she’rlarini o‘qib berishdi. Shundan so‘ng talabalar sahna asarlari qo‘yib o‘z iqtidor va aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi.

 Kitob tadbiri davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida aytish bilan birga oxirgi o'qigan kitoblari haqida gapirib berishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qarashli Talalabalar turar joyi sport maydonida universitet talabalari jamoalari o'rtasida sportning badminton turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Tashkil etilgan ushbu sport tadbirida universitetning xotin-qizlar jamoasi, talaba-qizlari faol ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan xotin-qizlarlardan va talaba-qizlardan iborat jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 01 Aprel 2024 15:17

E’LON

Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing Turizm va mehmondo‘stlik instituti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga baklalavr yo‘nalishida talabalar almashinuvi dasturi asosida o‘qishga taklif qiladi.

Ushbu dasturn doirasida universitetimizning 5 nafar talabasiga grant ajratiladi.

 Grant imtiyozlari:

-o‘qish puli to‘lovi 47000RMB (kursni tamomlagandan so‘ng to‘lov qaytariladi)

- oylik stipendiya 2.300-2.600 RMB

- Xorijiy talabalar uchun yotoqxona.

Talablar:

- Ushbu dastur “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bakalavr yo‘nalishi talabalariga beriladi;

-HSK sertifikati yoki IELTS 6 ga ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 15-aprel

Batafsil ma'lumot olish uchun telegramga murojaat qiling: +998930045100

Kategoriya E'lonlar

1 aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan universitetda “Qushlarni asraylik” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet tyutorlari, bugungi kunda qushlarni asrab-avaylashda har bir yurtdoshimizning faolligi muhim ekanligi va ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham aholi, ayniqsa, yoshlarning qushlarga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilashga qaratilganligi xususida gapirildi.   

Ma’lumot o‘rnida 1 aprel – Xalqaro qushlar kuni jahonda har yili keng nishonlanadi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida nishonlagan ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad qushlarning turlari, ularning xilma-xilligi va sonini saqlab qolishdan iborat. Qushlar kuni sanasi YuNESKOning “Inson va biosfera” biologik dasturidan ham joy olgan.  

Shuningdek 30-mart kuni respublikamiz bo‘ylab “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” nishonlandi. Shu munosabat bilan, universitet talaba-yoshlari o’rtasida umumxalq tozalik (chiqindisiz) kuni tashkil qilinib, universitetga tutash hududlar, shuningdek markaziy ko‘chalar chiqindilardan tozalandi.

Kategoriya Yangiliklar

Ro‘zai ramazon kunlarida yakka, yolg‘iz nuroniylar, mehrga muhtoj bo‘lgan bemorlar xolidan xabar olish savob amallardan biri hisoblanadi.

Universitetimizning birinchi bosqich talabalari ham “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksa va nuroniylar holidan xabar olishdi. Oliygohimizning bir guruh birinchi bosqich talabalari, tyutоrlari boshchiligida Samarqand shahrida yakka, yolg‘iz istiqomat qiluvchi  keksa onaxon Svetlana Viktorova holidan xabar olishdi.

Shuningdek oliygohimizning birinchi bosqich Arch-123 va Tour-223 guruhi talabalari birgalikdagi Samarqand shahar Quyi Xo’ja sihat mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Lola Gulyamova xolidan xabar olishdi. Talabalarimiz Lola va uning onasi bilan yaqindan muloqot qilishdi. Samimiy suhbatdan so‘ng talabalarimiz Lolaning tezda sog‘ayib ketishini tilab unga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Kategoriya Yangiliklar
9 dan 9 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar