Universitetimiz “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti v.b. N. Sultanova tashabbusi bilan Event-rus-Sam guruhi talabalari uchun Samarqand shahrida joylashgan Imom Al-Buxoriy majmuasiga ma'naviy -ma'rifiy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Majmua hududidagi muzey, masjid va kutubxona bilan tanishish jarayonida yoshlar milliy va diniy qadriyatlarimizning bebaho ahamiyatini chuqur his etdilar.