UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Indoneziya folk-dance jamoasining madaniy konsert dasturi o‘tkazildi

01.05.2026 1 daq o'qish 1

Indoneziya folk-dance jamoasining madaniy konsert dasturi o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Faollar zalida Indoneziyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda mashhur folk-dance jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar hamda mehmonlarga Indoneziya xalqining boy madaniyati, milliy raqslari va san’atini yaqindan tanishtirishga xizmat qildi. Konsert davomida ijro etilgan rang-barang chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida mehmonlar va ishtirokchilar ushbu madaniy uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdilar.

Ulashish: