“Ta’kidlash joizki, bugun ta’lim muassasalarida daraxt ekish marafoniga start berish tadbirining aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotganida ham chuqur ramziy ma’no bor. Chunki, Orol va Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, “Yashil makon”, “Yashil belbog‘” loyihalarini amalga oshirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida har yili katta tashkilotchilik bilan to‘la-to‘kis bajarilib kelinmoqda.
Jumladan, 2024-yil kuz mavsumida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari tomonidan jami 407 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish reja qilingan", – dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.