Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

"Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri o‘tkazildi

24.09.2026 1 daq o'qish 60

"Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri o‘tkazildi

Universitetimizda 23-sentabr kuni talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni turli zararli ta’sirlardan asrash, shuningdek, diniy bag‘rikenglik va axborot madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Boymurodov, profilaktika inspektori S. Isakulov, universitet rektori M. Xolmuhammedov hamda talabalar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar va zararli axborotlar ta’siridan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan madaniyatli hamda mas’uliyatli foydalanish, diniy bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish, shuningdek, huquqiy va ma’naviy bilimlarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi axborot makonida uchrayotgan yolg‘on xabarlar, buzg‘unchi targ‘ibotlar va ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni anglash, ularni tahlil qilish hamda har qanday axborotga tanqidiy yondashish muhimligi ta’kidlandi.

Galereya

Ulashish: