“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi,
rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini
aniqlash va baholash to‘g‘risida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (keyingi o‘rinlarda - universitet) professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ish samaradorligi ko‘rsatkichi – professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarning faoliyati va sermahsulligini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra aniqlash uchun ishlatiladigan baholash mezoni;
Baholanuvchi xodim – professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxs;
Bevosita rahbar – baholanadigan professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlar bevosita bo‘ysunadigan tarkibiy bo‘linma rahbari (kafedra mudiri, bo‘lim boshlig‘i, prorektor va boshq.);
Yuqori turuvchi rahbar – baholanadigan xodimning bevosita rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan mansabdor shaxs (Universitet bosh menejeri, rektori).
3. Professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlar faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari aniq, o‘lchanadigan, muayyan natijaga erishishga qaratilgan hamda vaqt bilan cheklangan bo‘lishi lozim.
4. Professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarning asosiy ish ko‘rsatkichlari har yili hisobot yilning natijalari asosida joriy yilning 20-yanvar sanasiga qadar baholanadi. Belgilangan ustama miqdorlari joriy yilning 1-yanvaridan 31-dekabr sanasiga qadar amal qiladi.
5. Universitet professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash mezonlari va baholash tartibi mazkur Nizomning 1-, 2-, 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Baholash quyidagi davrlarda o‘tkazilmaydi:
- mehnat qonunchiligiga muvofiq berilgan ta’tillar davrida;
- xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida;
- xizmat zaruriyati yuzasidan muayyan vazifalarni bajarish uchun xodim ishdan ozod etilganda.
Mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda xodim ish joyida bo‘lmagan davri uchun bir oy davomida olish mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning bir kunlik miqdoridan kelib chiqib, hisob-kitob qilgan holda xodimning (100 (eng yuqori ball) / 22 (ish kuni) = 4,5 (ish joyida bo‘lmagan kuniga hisoblanadigan ball) ish haqiga shaxsiy ustama to‘lovlari lavozim maoshining foiz miqdorida to‘lab beriladi.
7. Baholash bilan bog‘liq ma’lumotlar baholash tugagan kundan boshlab uch yil davomida universitetning Xodimlar bilan ishlash bo‘limida saqlanadi.
8. Yuqori turuvchi va bevosita rahbar asosiy faoliyat ko‘rsatkichlariga erishishni baholash jarayonining to‘liqligi, ishonchliligi, xolisligi, ochiqligi va oshkoraligiga shaxsan javobgardir.
9. Alohida uslubiyot orqali baholanmaydigan lavozimlar va ularning ish haqiga ustama to‘lovlari lavozim maoshining foiz miqdorlari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Universitet professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari asosida berilgan ballariga mos holda xodimlarning ish haqiga belgilanadigan ustama miqdorlari mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Yangi professor-o‘qituvchi, rahbar va xodim ishga olinganda uning ish haqiga xodimlarning ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari bo‘yicha ustama tayinlash xodim ishga olingandan 3 oy o‘tib amalga oshiriladi.
12. Ustama tayinlangan professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarning yil davomida faoliyatida kamchiliklarga (mehnat intizomining buzilishi, lavozim vazifasiga loqaydlik qilishi, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi va h.k.) yo‘l qo‘ysa tayinlangan ustama miqdori olib tashlanadi.
II bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Xodimning arizasiga binoan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini qayta tekshirish maqsadida Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor (keyingi o‘rinlarda – Birinchi prorektor) raisligida komissiya tuzilishi mumkin.
Yozma ariza xodim tomonidan Xodimlar bilan ishlash bo‘limiga topshiriladi.
14. Birinchi prorektor buyrug‘i bilan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish uchun Xodimlar bilan ishlash bo‘limi ishchi organi hisoblangan Baholovchi komissiya (keyingi o‘rinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) tuziladi.
15. Xodimlar bilan ishlash bo‘limi Komissiya raisi (Birinchi prorektor) bilan kelishgan holda xodimlardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jadvalini tuzadi va baholovchilarga xabar beradi.
Xodimlar bilan ishlash bo‘limi Komissiya yig‘ilishini Komissiya raisi bilan kelishilgan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
16. Komissiya yig‘ilishi uning tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Komissiya majlislarida maxsus texnik vositalar (audio va video yozuvlar, shuningdek, fotosuratlar)dan foydalanish mumkin.
Ovoz berish natijalari Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan aniqlanadi. Agar ovozlar teng bo‘lsa, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
17. Komissiya kotibi Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i hisoblanadi. Komissiya kotibi ovoz bermaydi.
18. Baholash natijalari bo‘yicha xodimlardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- baholash natijalarini tasdiqlash;
- baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
19. Agar baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Komissiya xodimga ijroga berilgan topshiriqning darajasi va murakkabligiga qarab bahoni tuzatadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan yig‘ilish bayonnomasida ko‘rsatadi.
20. Universitet professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari asosida baholanuvchilarning ish haqlariga ustama tayinlash bo‘yicha Komissiya yig‘ilishi bir yilda bir marotaba o‘tkaziladi, istisno tariqasida ishga yangi qabul qilingan professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlar uchun Komissiya yig‘ilishi har 3 oyda o‘tkazilishi mumkin. Lavozim maoshi mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi asosida belgilangan xodimlar bundan mustasno.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilova
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilarining
ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari
KPI of Research for Full Time Teachers in Silk Road University
Position | Total | Scopus WoS Journal Paper | International Journal Paper | National Accredited Journal Paper | Monograph |
Full Professor | 3 | 1 | 2 |
|
|
Associate Professor | 2 | 1 | 1 |
|
|
Senior Lecturer | 4 |
| 2 | 2 |
|
Assistant Lecturer | 3 |
| 2 | 1 |
|
KPI of Research for Part Time Teachers in Silk Road University
Position | Total | Scopus WoS Journal Paper | International Journal Paper | National Accredited Journal Paper | Monograph |
Full Professor | 2 | 1 | 1 |
|
|
Associate Professor | 1 | 1 |
|
|
|
Senior Lecturer | 2 |
|
| 2 |
|
Assistant Lecturer | 2 |
|
| 2 |
|
Remarks:
1. One paper can be counted only once in our university. Encourage to cooperate with other universities.
2. One Scopus or WoS journal paper is equal to 3 international journal papers. One international journal paper is equal to 2 national accredited journal papers.
3. One monograph is equal to one Scopus or WoS journal paper.
4. Papers published on the fake journals will be recognized as cheating.
5. Authors will receive rewards for each Scopus WoS journal paper based on journal ranking.
a) Q1—500 USD
b) Q2—350 USD
c) Q3—250 USD
d) Q4—200 USD (including Scopus conference papers, book chapters)
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilova
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari va baholash tartibi
№ | Mezonlar | Baholash uchun mas’ul | Belgilangan tartib | Berilgan ball |
1. | Lavozim vazifalaridan tashqari bajargan ishlari uchun: buyruqlar, yig‘ilish protokollari asosida, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha ishlarga jalb etilganligi uchun | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 0 dan +20 ballgacha |
|
2. | Universitet xodimlarining turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalaridagi mehnat faoliyati uchun | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 1 yildan 3 yilgacha- (10 ball) |
|
3 yildan 5 yilgacha - (20 ball) | ||||
5 yildan ko‘p - (30 ball) | ||||
3. | Lavozim vazifalari bilan bog‘liq malaka oshirish kurslari va treninglardagi ishtiroki uchun. (Berilgan sertifikatlar asosida) | Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i | Offlayn – (20 ball) |
|
Onlayn – (10 ball) | ||||
4. | Universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ma’muriyat yig‘ilishlarida ishtirok etishi, bayramlar, sport musobaqalari hamda jamoaviy ishlardagi faolligi | Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i | 0 dan +20 ballgacha |
|
5. | Xodimning ishga o‘z vaqtida kelishi, ish vaqtida universitetda bo‘lishi (Face ID qurilmasi ma’lumotlari asosida) | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 0 dan -20 ballgacha |
|
6. | Universitetning ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va xodimning intizomiy holati (Ogohlantirish, Tushuntirish xatlari va intizomiy choralar bo‘yicha buyruqlar asosida) | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i, Yuridik byuro, Kasaba uyushmasi | Ogohlantirish- (0 dan -10 ballgacha) |
|
Xayfsan olgan- (-10 dan -20 ballgacha) |
*Izoh: Me’yoriy huquqiy hujjatlarga asosan belgilangan ustamalar asoslovchi hujjatlar asosida Reja-moliya boʻlimi boshligʻi tomonidan komissiya muhokamasiga kiritiladi va xodimning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ustama ajratilishiga asos boʻladi.
Me’yoriy hujjat bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lgan ustama miqdori ________ % |
|
______________ Reja-moliya boʻlimi boshligʻi | ||
|
|
| ||
Xodimning F.I.Sh: ___________________ | Lavozimi: _______________ | Jami ball: __________ | ||
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash to‘g‘risidagi Nizomga 3-ilova
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘lim boshliqlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)lari mezonlari va baholash tartibi
№ | Mezonlar | Baholash uchun mas’ul | Belgilangan tartib | Berilgan ball |
1. | Lavozim vazifalaridan tashqari bajargan ishlari uchun: buyruqlar, yig‘ilish protokollari asosida, shuningdek yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha ishlarga jalb etilganligi uchun | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 0 dan +20 ballgacha |
|
2. | Universitet xodimlarining turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalaridagi mehnat faoliyati uchun | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 1 yildan 3 yilgacha-(10 ball) |
|
3 yildan 5 yilgacha - (20 ball) | ||||
5 yildan ko‘p- (30 ball) | ||||
3. | Xodim tomonidan ijro intizomiga rioya qilinishi, rahbariyat tomonidan berilgan (yozma va og‘zaki) topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi holati (https://edo.ijro.uz) platformasi ma’lumotlari asosida mas’ullar uchun) | Ijro intizomi, devonxona va arxiv bo‘limi boshlig‘i | Yaxshi – (0 dan +30 ballgacha) |
|
Qoniqarsiz- (0 dan -20 ballgacha) |
| |||
4. | Universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ma’muriyat yig‘ilishlarida ishtirok etishi, bayramlar, sport musobaqalari hamda jamoaviy ishlardagi faolligi | Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i | 0 dan +20 ballgacha |
|
5. | Xodimning ishga o‘z vaqtida kelishi, ish vaqtida universitetda bo‘lishi (Face ID qurilmasi ma’lumotlari asosida) | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i | 0 dan - 20 ballgacha |
|
6. | Universitetning ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va xodimning intizomiy holati (Ogohlantirish, Tushuntirish xatlari va intizomiy choralar bo‘yicha buyruqlar asosida) | Xodimlar bilan ishlash bo‘limi (HR) boshlig‘i, Yuridik byuro, Kasaba uyushmasi | Ogohlantirish- (0 dan -10 ballgacha) |
|
Xayfsan olgan- (-10 dan -20 ballgacha) |
*Izoh: Me’yoriy huquqiy hujjatlarga asosan belgilangan ustamalar asoslovchi hujjatlar asosida Reja-moliya boʻlimi boshligʻi tomonidan komissiya muhokamasiga kiritiladi va xodimning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda ustama ajratilishiga asos boʻladi.
Me’yoriy hujjat bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lgan ustama miqdori ________ % |
|
______________ Reja-moliya boʻlimi boshligʻi | ||
|
|
| ||
Xodimning F.I.Sh: ___________________ | Lavozimi: _______________ | Jami ball: __________ | ||
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash to‘g‘risidagi Nizomga 4-ilova
Ish faoliyati baholanmaydigan lavozimlar va ularning ish haqiga ustama to‘lovlari lavozim maoshining foiz miqdorlari
T/r | Lavozimi | Ustama miqdori |
1. | Rektor | 100 foiz * |
2. | Prorektorlar | 100 foiz * |
3. | Kotib-ish yurituvchi, kuryer, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar | 200 foiz ** |
Izoh: * rektor va prorektorlarning ustama haqlarini belgilashda yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bo‘lishi talab etiladi.
** Kotib-ish yurituvchi, kuryer, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga belgilanadigan ustamalar bo‘lim boshliqlarining bildirishnomasi asosida amalga oshiriladi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, rahbar va xodimlarining ish samaradorligi ko‘rsatkich(KPI)larini aniqlash va baholash to‘g‘risidagi Nizomga 5-ilova
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlarining ish samaradorligi koʻrsatkichi(KPI)lari mezonlari asosida xodimlari tomonidan to‘plangan ballariga
mos holda xodimlarning ish haqiga belgilanadigan ustama miqdorlari
T/r | Lavozimi | Ball | Ustama miqdori |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli Qarori 15.1-bandiga asosan lavozim maoshi Bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilgan xodimlar uchun | 96-100 | 100 foiz |
91-95 | 90 foiz | ||
86-90 | 80 foiz | ||
81-85 | 70 foiz | ||
71-80 | 60 foiz | ||
61-70 | 50 foiz | ||
51-60 | 40 foiz | ||
41-50 | 30 foiz | ||
31-40 | 20 foiz | ||
21-30 | 10 foiz |