REGISTRATOR OFIS VA TALABALAR BILAN ISHLASH SEKTORI
Registrator ofis: https://univ-silkroad.uz/uz/get-data/51
Email: registrar-office@univ-silkroad.uz
TALABALARGA XIZMAT KO‘RSATISH – “REGISTRAR OFFICE” FAOLIYATI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining (keyingi oʻrinlarda – universitet deb yuritiladi) “Registrator ofisi” (keyingi oʻrinlarda – Ofis deb yuritiladi) talabani tizimda shakllantirish, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Ofis oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat qarorlari, buyruqlari, universitetning Nizomi, Kengashi qarorlari, universitet rektori buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
Ofis faoliyatiga universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi. Ofis boshlig‘i o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi hamda fakultet, kafedra, oʻquv-uslubiy boshqarma va boshqa taʼlim tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Universitetda xizmat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, 3 ish kunida xizmatlarni bajarilishi belgilangan.
Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimining vazifalari:
1. Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
·dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
·qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
·joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
·sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
·akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
·imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
·oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
·oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
·oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
·talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
·talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
·talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
·talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
·oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
·oliy taʼlim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
·talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash.
2. Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
·grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
·ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
·innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
·talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
·ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
·“Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
·oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
·talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
3. Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
· oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
· turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTTlar bilan) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
· oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
· xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
· xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
· xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
· xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
· xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
· xorijlik talabalarga oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish;
· qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
· xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish;
· xalqaro reytinglar (QS, THE, Green Metric)da oʻrin egallagan oliy ta’lim muassasalari toʻgʻrisida talabalarga ma’lumot berish;
· xalqaro forumlarda imzolangan bitimlar va bayonlar haqida talabalarga ma’lumot berish;
· xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.
4. Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
·ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni olish va kiritish;
·toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
·talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash boʻyicha stipendiya tayinlash komissiyasi bayonnomasi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;
·akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
·ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
·talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
·talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
·potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.
·bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish.
REGISTRATOR OFISI TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN XIZMAT TURLARI
T/r | Akademik (o‘quv) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar |
1 | QR kodli diplom shakllantirish |
2 | Akademik ma’lumotnoma va transkript berish |
3 | Akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim muassasasiga ketgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish |
4 | Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish |
5 | Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish |
6 | Imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiyalarni qabul qilish |
7 | Imtihonlar ro‘yxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish |
8 | Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish |
9 | Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi ta’limga kirish uchun onlayn ariza topshirishga ko‘maklashish |
10 | Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga ko‘maklashish |
11 | Oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborishga ko'maklashish |
12 | Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish |
13 | Talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish |
14 | Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o‘tkazish |
15 | Talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish |
16 | Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish |
17 | Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish |
18 | Talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish |
19 | Talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qish joyidan, harbiy bo‘imdan v.b.)lar berish |
20 | Talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish |
21 | Talabalarga fan resurslari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish |
22 | Talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga o‘tkazish |
23 | Talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish |
24 | Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish |
25 | Talabalarning parolini tiklash |
26 | Talabalarning sababli qoldirilgan dars soatlarini tegishli tartibda belgilash |
27 | Talabalarning shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash |
28 | Talabalik ID kartasi (guvohnomasi)ni tayyorlash va talabalarga taqdim etish |
29 | Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga ко‘chirib o‘tkazish |
30 | Tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar Yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat shakllantirish |
31 | O‘qishi ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalarning fanlar farqini aniqlash |
32 | O‘quv dasturlari haqida ma’lumot olish |
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar | |
33 | Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish |
34 | Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish |
Xalqaro aloqalar faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar | |
35 | Talabalarga o‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish |
36 | Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish |
37 | O‘qishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish |
38 | Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish |
Buxgalteriya, marketing va amaliyot faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar | |
39 | Yotoqxonalarga joylashishga shartnoma va yo‘llanma berish |
40 | Qayta o‘qishga shartnoma berish |
41 | Stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish |
42 | Hisob varog‘ini shakllantirib berish |
43 | Talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish |
Ilmiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar | |
44 | Grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish |
45 | Ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish |
46 | Innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish |
47 | Nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish |
48 | Ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish |
49 | Ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish |
Ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar | |
50 | O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish |
51 | Talabalarga universitetda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish |