“Ilmiy tadqiqotlar” bo‘limi faoliyati to‘g‘risida
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Universitet professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatlaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lamini kengaytirish va uning sifatini oshirish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarining belgilangan rejaga asosan amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;
Ilmiy-faoliyat bilan o‘quv jarayonlarini chambarchas bog‘liqlikda olib borilishini ta’minlash;
Universitetning ilmiy-amaliy jurnali faoliyatini muvofiqlashtirish;
Universitet magistratura talabalarining ilmiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning dissertatsiya ishlarini tartibga solish;
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqolalarini “Fan tarmog‘i” (Web of Science, Scopus) ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidagi retsenziyalanadigan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda chop ettirilishi yuzasidan maslahat-metodik ishlarni olib borish;
Universitetning kafedralari bilan birgalikda universitet, universitetlararo, viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarni, seminarlarni o‘tkazishni rejalashtirish va tashkil etish;
Xorijiy universitetlar, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;
Universitetning kafedralariga ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish;
Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb qilish;
Universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi faoliyatini olib borish.