“SPORT MASHG‘ULOTLAR” BO‘LIMI
Telefon: +998 90 224-02-22
Sport mashg‘ulotlar bo‘limi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik Kengashining 2023-yil 5-oktabrdagi SR-01-sonli bayonidagi yig’ilish Nizomi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Sport mashg’ulotlar bo’limining maqsad vazifalari va funkciyalari:
1. “Sport mashg‘ulotlar” bo‘limining maqsadi:
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro niversitetning barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish;
1.1) jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish;
1.2) jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish;
1.3) mehnatga layoqatini oshirish;
1.4) zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;
1.5) sport musobaqalari orqali talaba yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo‘lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish;
1.6) talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat.
2. “Sport mashg‘ulotlar” bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:
2.1) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi universitet a‘zolari safini kengaytirish;
2.2) universitet a‘zolarining jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish;
2.3) universitet a‘zolarining jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga erishish;
2.4) universitet a‘zolarining alohida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
2.5) universitetning fakultetlar va bo‘limlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
2.6) talaba-yoshlarni, ayniqsa qizlarning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga hissa qo‘shish;
2.7) o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komilikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga havasini oshirish;
2.8) universitet hamda boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;
2.9) universitet hamda boshqa oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolarning sport turlari bilan shug‘ullanishlari va sog‘lomlashtirish hamda bo‘sh vaqtlarini yaxshi o‘tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;
3. “Sport mashg‘ulotlar” bo‘limining quyidagilarga asoslanadi:
3.1) ixtiyoriylik va hammaboplik;
3.2)universitet a‘zolarini sog‘lomlashtirish va jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish;
3.3) tibbiy nazoratdan o‘tish majburiyati;
3.4) milliy qadriyatlar va hududlarning o‘ziga xosligi.
4. “Sport mashg‘ulotlar” bo‘limining quyidagi jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan:
4.1) chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
4.2) kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
4.3) egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi.
4.4) tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
4.5) harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi;
4.6) egallagan amaliy ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi.
5. “Sport mashg‘ulotlar” bo‘limining quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
5.1) mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish yuzasidan:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
universitetning a’zolari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
universitetda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va musobaqalar talaba-yoshlar, ayniqsa fakultetdagi xotin-qizlar orasida o‘tkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etadi;
viloyatda milliy sport turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, milliy sport turlari xalqaro sport maydonida keng targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
shahar OTMlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda “Talabalar ligasi”, “Besh tashabus” va “Universiada” musobaqalarining uch bosqichli tizimi o‘yinlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
5.2) mamlakatimizda professional, ommaviy sportni, shu jumladan, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar ishltilishiga qarshi tizimli choralar ko‘rishni rag‘batlantirish yuzasidan;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va ixtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg‘or tajribasini o‘rganadi, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;
sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qiladi;
sportning alohida turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida eng o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak nishonlari bilan mukofotlaydi;
sport unvonlari, sport razryadlarini berish tartibini tasdiqlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim qiladi va tavsiyalar beradi;
5.3) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, ob’ektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilishini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashish;
5.4) jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga ko‘maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash yuzasidan;
5.5) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;
5.6) xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, xalqaro sport hamjamiyatlari bilan o‘zaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
5.7) hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;
5.8) konferensiyalar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalarini o‘tkazadi, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil etadi;
5.9) manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzuli video va kino materiallar yaratilishida ishtirok etadi;
taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaxassislarini respublika sport ta’lim muassasalarida o‘qituvchilik qilishga va mahorat darslari o‘tkazishga taklif etadi;