Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

UNIVERSITETIMIZDA O‘ZBEKISTON TURIZMI SAN’AT VA IJOD ORQALI NAMOYISH ETILDI

25.09.2026 1 daq o'qish 26

UNIVERSITETIMIZDA O‘ZBEKISTON TURIZMI SAN’AT VA IJOD ORQALI NAMOYISH ETILDI

Universitetimizda Xalqaro turizm kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari doirasida O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini namoyish etgan o‘ziga xos sahna chiqishlari tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdi.

Talabalarimiz O‘zbekistonning turistik salohiyatini nafaqat so‘z va tasvirlar, balki afsona, raqs, musiqa, milliy liboslar va jonli storytelling orqali namoyish etdilar. Har bir chiqish tomoshabinni yurtimizning qadimiy shaharlari, buyuk Ipak yo‘li va asrlar davomida shakllangan madaniy an’analar olamiga olib kirdi.

Samarqand, Buxoro, Xiva va Marg‘ilon kabi tarixiy maskanlarning ruhi sahna ko‘rinishlarida o‘ziga xos tarzda gavdalantirildi. Qadimiy obidalar haqidagi afsonalar, Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilgan karvonlar sarguzashtlari, xalqimizning hunarmandchilik va ipakchilik an’analari badiiy chiqishlar orqali qayta jonlandi.

Milliy raqslar, qadimiy kuylar va zamonaviy sahna talqini uyg‘unlashib, tadbirga alohida bayramona ruh bag‘ishladi. Milliy liboslarda namoyon bo‘lgan ranglar va obrazlar esa O‘zbekiston madaniyatining betakrorligini yanada yorqin ifodaladi.

Eng e’tiborli jihatlardan biri talabalarimizning storytelling san’atidan turizm targ‘iboti vositasi sifatida foydalanishi bo‘ldi. Afsona va tarixiy hikoyalar orqali tomoshabinlar tanish manzillarga yangicha nigoh bilan qarash, ularning ortidagi tarix va madaniyatni chuqurroq his etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Galereya

Ulashish: