Bo‘limning maqsadi:
Talabalarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash. Ularning ma’naviy-axloqiy kamoloti, intellektual va ijodiy salohiyatini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.\
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Talabalarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.
Ma’naviy va ma’rifiy muhitni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.
Yoshlarning tashabbus va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish.
Ijodiy, intellektual va sport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.
Huquqbuzarlik, zararli illatlar va ijtimoiy muammolarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni olib borish.
Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari:
Yoshlar bilan ishlash – talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish ва ularni ro‘yobga chiqarishda yordam berish.
Ma’naviyat – Vatan, tarix, til ва milliy qadriyatlarga hurmatni targ‘ib qilish, talabalarda g‘urur va mas’uliyat hissini shakllantirish.
Ma’rifat – kitobxonlik, ilm-fan ва zamonaviy билимларга бўлган қизиқишни ошириш.
Bo‘lim faoliyati doirasida amalga oshiriladigan ishlar:
• Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar ва учрашувлар
• Kitobxonlikni targ‘ib qilish ва sog‘lom turmush tarzини rivojlantириш
• Ijodiy tanlovлар, sport musobaqalari ва intellektual bellashuvлар
• Talabalar tashabbусларини қўллаб-қувватлаш ва уларнинг фаоллигини ошириш
• Ijtimoiy muammolar бўйича профилактик ишлар ва тушунтириш тадбирлари
Biz – siz bilan birga!
Agar sizda biror savol, muammo yoki yangi tashabbus bo‘lsa – bemalol murojaat qiling!
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi – bu sizning iqtidor va g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqarish uchun ishonchli va ochiq maydon!