Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi
Texnikuming oʻquv faoliyati koʻp asrlik tarixga ega: 1920-yildan Fabrika-zavod bilim yurti, 1979 yildan Toshkent sanoat bilim yurti, 1987 yildan 34-sonli hunar-texnika bilim yurti, 1997 yildan 5-sonli Biznes maktabi, 2004 yildan Hamza maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji, 2010-yildan Toshkent mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji sifatida faoliyat yuritgan.
Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812 sonli farmoni asosida 2020 yil 3- sentyabrda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xuzurida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida barcha texnikumlar qatori Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi ham kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etildi.
Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi Toshkent shahridagi yirik ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, Toshkent shahri va respublikamizning boshqa viloyatlaridan, shuningdek, qo‘shni davlatlar: Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan xorijiy fuqarolarni ham qabul qilish imkoniyatiga ega.
Texnikum o‘zbek va rus tillarida kunduzgi va dual ta’lim shaklida davlat granti hamda to’lov kontrakt asosida xalqaro tasniflagichning 3, 4 va 5- darajalariga mos keluvchi, xizmat ko’rsatish sohasi bo’yicha o’rta bo’gin professional kadrlarni mehnat bozoriga yetkazib beruvchi ta’lim muassasasi xisoblanadi.
Texnikumda mashg‘ulotlarni eng yaxshi yuqori malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari, turizm va xizmat ko‘rsatish korxonalarining tajribali ishchilari olib bormoqda. O'quv jarayonida eng yangi pedagogik va interaktiv texnologiyalar (treninglar, ishbilarmon o'yinlar, davra suhbatlari, vaziyatni modellashtirish, mahorat darslari va boshqalar) faol qo'llaniladi.
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida 9- va 11-sinf bitiruvchilariga xalqaro tasniflagichning 3-4-5-darajasi bo‘lgan “Turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”, “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish”, “Sartarosh - modelyer” “Buxgalteriya”, kasblari bo‘yicha kunduzgi va dual ta’lim tizimi asosida mutaxassislar tayyorlanadi