Sayt Test rejimda ishlamoqda
  • icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Missiya
      • Ramzlar
      • Aloqa
      • Bitiruvchilar assotsiatsiyasi
    • Rektor tabrigi
      • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
      • Universitet ustavi
      • Maqsadli ko'rsatkichlar
      • KPI
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
    • Vakansiya
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menedjmenti
    • Kafedralar
      • Turizm menejmenti
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Ishlar boshqarmasi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Ishlar boshqarmasi
      • Reja - moliya bo‘limi
      • Buxgalteriya
      • Magistratura bo’limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
    • Universitet tuzilmasi
      • Universitet tuzilmasi
    • Rahbariyat vazifalari
      • Rektor lavozim vazifalari
      • Birinchi prorektor
      • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
      • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • Ofis registratori bo'limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Akademik kengash
    • Ilmiy faoliyat
      • E-jurnal
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Sport mashg‘ulotlar bo‘limi
      • Tyutorlar faoliyati
      • Yotoqxona tarbiyachi-pedagogi
      • University prevention inspector
      • Xotin-qizlar kengashi raisi
      • Universitet psixologi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Sport klubi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Sifat siyosati
      • Sifat siyosati
      • Yil sarhisobi
    • Erasmus+
      • Erasmus+
      • Loyiha jamoasi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
    • Universitet Kasaba uyushmasi
      • Universitet Kasaba uyushmasi
  • Abituriyentlarga
    • Qabul
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • O‘tish ballari
      • Qabul komissiyasi
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Kirish imtihonlari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
      • Stipendiyalar
      • Study in Uzbekistan
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • Akademik taqvim
    • Tizimlar
      • Tizimlar
    • Ekofaol talabalar
    • Bitiruvchilar
      • Karyera markazi
      • Bitiruvchilar bandligi
      • KELAJAKGA QADAM MARKAZI
    • Akademik mobillik
      • Akademik mobillik
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Maʼnaviy tadbirlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Faxriy mehmonlar
    • Galereya
Qabul
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
shape
shape
shape

Bakalavryat

Home Bakalavryat

Abituriyentning eslatmasi

Abituriyent o’rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarini ro’yxatdan  o’tkazishi, ro’yxatdan o’tkazilgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to’g’ri kiritilganligini qaydnoma orqali tekshirib tasdiqlashi shart. Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni tugagandan so’ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi hamda abituriyentlar bazasiga o’zgartirishlar kiritilmaydi.

Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazishning muddatlari to’liq yakunlangandan so’ng, ikki hafta muddat ichida, abituriyent ruxsatnomasini Davlat test markazining  rasmiy veb-saytidan oladi. U ruxsatnomasida ko’rsatilgan sanada, vaqtda va  binoda test sinovlarida ishtirok etadi.  

Test topshiriqlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining  umumta’lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Test topshiriqlarini  bajarish uchun (javoblar varaqasini to’ldirish bilan birga) har 30 ta test  topshirig’iga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig’i muqobil javoblari  bilan beriladi. 

Abituriyent test sinovlari o’tkaziladigan kuni binoga soat 07:00 (ikkinchi  smena soat 14:00) gacha faqat o’zining ruxsatnomasi va pasporti bilan kelishi  lozim.   

Abituriyent shaxsni identifikasiyalash vositalari  (videofiksasiya  qurilmalari va barmoq izlarini maxsus qurilmalar) orqali tekshirtirilib,  shaxsi aniqlangandan so’ng tartibli ravishda binoga kiritiladi.   

Abituriyentning shaxsi tasdiqlanmagan  (abituriyentlar bazasidagi  ma’lumotlarga mos kelmagan) taqdirda, shu joyga mas’ul etib belgilangan  nazoratchi Ichki ishlar organlari xodimi bilan birgalikda abituriyentni test  sinovidan chetlashtirish to’g’risidagi dalolatnomani rasmiylashtiradi va ushbu  abituriyentni binoga kiritmaydi. 

Binoga kirib, guruhidagi o’z o’rniga joylashgan abituriyent birinchi smenada  soat 07:45 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:45 dan 15:00 gacha quyidagi  ishlarni amalga oshirishga majbur: 

  • test topshiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi  aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish; 

  • test topshiriqlari kitobi raqamini o’zining familiyasi, ismi va otasining  ismi yozilgan javoblar varaqasini tegishli qismiga ko’chirib yozish va mos  doirachalarni bo’yash; 

  • bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo’lgan javoblar varaqasini   to’g’ri to’ldirilishini ta’minlash; 

  • test topshiriqlari kitobi muqovasida hamda javoblar varaqasida  ko’rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo’yish.  Abituriyent test jarayonida quyidagilarni bajarishga shaxsan javobgar 

  • hisoblanadi:   

  • javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig’iga yozmaslik, javoblar 

  • varaqasidagi test topshiriqlari kitobi raqamiga mos doirachalar hamda  javoblarni belgilash qismidan tashqari boshqa qismlariga ruchka tegizmaslik; 

  • belgilangan vaqt davomida javoblarini javoblar varaqasiga havo rangli  pastali sharikli ruchka bilan to’ldirish;

  • belgilangan vaqt tugagandan so’ng o’ziga tegishli test topshiriqlari kitobini  va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish. 

Abituriyent test topshiriqlari kitobida to’g’ri deb hisoblangan javoblarni  javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo’yaydi  (javoblar varaqasida bo’yalgan javoblarni o’zgartirish mumkin emas). Agar  javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, bitta  test topshirig’iga javoblar varaqasida ikki va undan ortiq doiracha bo’yalsa yoki  to’liq bo’yalmasa yoxud birorta ham doiracha bo’yalmasa ushbu test topshirig’iga ball  berilmaydi. 

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi  taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi.  

Istisno tariqasida sog’ligi yomonlashganligi sababli test materiallarisiz,  guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Guruhdan chiqqan abituriyentga qo’shimcha vaqt berilmaydi. 

Quyidagi hollar abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish va  test natijalarini chiqarilmaslikka asos bo’ladi:  

  • har qanday turdagi aloqa vositalari, kompyuter, telekommunikasiya  vositalari, rasmga oluvchi vositalar, plastik karta, sumka, soat, lug’at, jadval,  kitob, shpargalka, rangli ko’z oynaklar, qalam, ruchka, kalkulyator, lineyka, kalit,  har xil taqinchoqlar va shu kabilarni (keyingi o’rinlarda - taqiqlangan vositalar  deb ataladi) test sinovlari o’tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joyida uni  olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo’lsa yoki ulardan test sinovi davomida  foydalansa; 

  • test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; 

  • test sinovlari jarayonida biri-biri bilan gaplashsa;  

  • test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi 

  • varag’ini yirtsa; 

  • test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini 

  • topshirishdan bosh tortsa. 

Test sinovlari jarayonida abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish, test topshiriqlarini belgilangan muddatdan  oldin bajarish va undan so’ng test materiallarini tartib bilan guruh  nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o’tkaziladigan hududdan chiqib  ketish huquqlarga ega. 

Test sinovlari tugagandan so’ng test sinovi jarayonida yozib olingan  videokuzatuvlar o’rganilganda abituriyentning test sinovi tartib va qoidalarga  amal qilmaganligi, jumladan yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlansa, bu  holatlar uning test sinovi natijalarini chiqarilmasligiga, talabalar safidan  chetlashtirishga hamda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos  bo’ladi.

Abituriyent quyidagi mezonlarga muvofiq ingliz tilini (IELTS/TOEFL/CEFR) bilish to'g'risidagi sertifikatni taqdim etishga majburdir:

  • IELTS kamida 5,5 ball

  • TOEFL IBT kamida 72 ball

  • CEFR B2 darajasidan past emas.

INGLIZ TILI BILIMINI TASDIQLOVCHI SERTIFIKATINING YO’QLIGIDA ABITURIYENT UNIVERSITETDA O’QISH UCHUN QABUL QILINMAYDI.

Agar sizda biron bir savol bo'lsa, qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin:

CALL CENTRE
+ 998 66 240 67 70
+ 998 66 240 67 86
+ 998 66 240 86 06
+ 998 66 240 86 16
+ 998 93 348 33 80 (for Telegram)

Qabul komissiyasining manzili:

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti  Universitet xiyoboni 17, Samarqand. Birinchi qavat, 104-xona


Qidiruv
Oxirgi xabar
  • image
    2025-12-11
    Bitiruvchi bosqich talabalari uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi davom etmoqda
  • image
    2025-12-11
    O‘qituvchilarimiz Koreyaning Sejong instituti jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “2025-yilgi Koreys tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturi”da muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
  • image
    2025-12-11
    Universitet vakillari talabalar holidan xabar olishdi
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar
  • Vakansiya

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

  • Pochta:

    info@univ-silkroad.uz

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org