"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokida “Milliy liboslar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida turli hududlarga xos milliy liboslar namoyish etildi, ularning tarixi, bezaklari va ma’naviy mazmuni haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘z milliy kiyimlarini faxr bilan taqdim etishdi, bu esa yoshlar orasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularga hurmat ruhini yanada mustahkamladi.
Milliy libos — bu nafaqat tashqi bezak, balki xalqning ko‘p asrlik tarixidan, turmush tarzidan, ma’naviy olamidan darak beruvchi bebaho boylikdir. Uni asrab-avaylash, yosh avlodga o‘rgatish — har birimizning burchimizdir.