Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ziyorat turizmiga bag‘ishlangan anjumanda universitetimiz professorining ma’ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

01.04.2026 1 daq o'qish 50

Ziyorat turizmiga bag‘ishlangan anjumanda universitetimiz professorining ma’ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

Toshkentda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) va O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan xalqaro anjuman tashkil etildi.

Xalqaro anjumanda univeristetimiz prorektori T.Zou “Zamonaviy ziyorat turizmining ilg‘or nazariyalari va amaliyoti” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada ziyorat turizmining ilg‘or akademik nazariyalari, jahon amaliyotidagi eng yaxshi tajribalar, O‘zbekistondagi ziyorat turizmi modeli va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari tizimli ravishda taqdim etildi.

U muqaddas maskanlar infratuzilmasini yaratish, raqamli boshqaruv, sayyohlarni rag‘batlantirish hamda “Umra+” tarmoqlari integratsiyasi ziyorat turizmining muhim yo‘nalishlari ekanini ta’kidladi.

Ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi rahbarlari va ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Bobokalonov hamda Turizm qo‘mitasi huzuridagi Ziyorat turizmi boshqarmasi boshlig‘i B.Murodullaev so‘zga chiqdi.

Tadbirda Xitoy, Buyuk Britaniya, Turkiya, Malayziya, Hindiston, Pokiston va O‘zbekistondan 100 nafardan ortiq ekspert va olimlar ishtirok etdi.

Galereya

Ulashish: