O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ–269-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yilning noyabr oyidan 2026-yilning fevral oyigacha tashkil etilgan navbatdagi — 5-guruh tinglovchilari 16 hafta davomida intensiv, mazmunli va sifatli ta’lim dasturini o‘zlashtirdilar. Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, malakali gidlar hamda turizm sohasi mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy ob’ektlarda gid-ekskursovod sifatida turistlarga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bugun 1-aprel kuni universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov tomonidan 5-guruh tinglovchilariga “Gid-ekskursovodlik” diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu muhim voqea nafaqat ularning mehnatiga berilgan yuksak baho, balki mamlakatimizda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod mutaxassislarining shakllanayotganidan dalolat beradi.