Версия для печати
Payshanba, 24 Avgust 2023 11:12

Universitetimizda mahallalarning xotin-qizlar faollari uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 avgustida Oqdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 35 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

      O‘quv kurslarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova “Turizm menejmenti” bo‘lim boshlig‘i
R.Toshniyozova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqova, unversitet yuristi F.Boboyev va psixolog D.Turdiyevalar tomonidan “Mahalladagi xotin-qizlar faollarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari”, “Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarning oila mustahkamligidagi o‘rni”, “Oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti”, “Xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish hamda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

O'qilgan 849 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar