Версия для печати
Chorshanba, 21 Avgust 2024 10:00

Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!

“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir Samarqand tumani Shirinoba, Mironqul, Joʻyi Abbos, Mirshikor mahallalarida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari mustaqillik toʻgʻrisida ma’ruza qilishdi.

Tadbir yakunida sanʼatkorlarning chiqishlari mahalla ahliga kayfiyat bagʻishladi.

O'qilgan 727 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar