Версия для печати
Dushanba, 30 Sentyabr 2024 12:05

Universitetimizga Xitoy turizm palatasining nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurdi

28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Jijia Dong va Sun Syaodong boshchiligidagi Xitoy turizm palatasining nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet prorektorlari D.Nasimov va T.Zoular kutib olishdi. Dastlab mehmonlar universitet kampusi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng universitet faollar zalida uchrashuv o‘tkazilib unda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama aloqalar xususida fikr almashildi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

O'qilgan 507 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar