Версия для печати
Dushanba, 04 Noyabr 2024 10:43

Turkiya an'anaviy soya teatri ustasi Aziz Murat Aslan talabalarga mahorat darslari o‘tdi

Turkiya an'anaviy soya teatri ustasi Aziz Murat Aslan "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga ochiq dars o‘tdi.

 Notiq Turkiyadagi soya teatrining kelib chiqish tarixi, uning madaniy ildizlari haqida juda qiziqarli ma'lumotlar berdi. Shuningdek Aziz Murat dunyoning boshqa Sharqiy teatrlari masalan, qadimgi Misr, Xitoy, Shri-Lanka kabi davlatlardagi teatrlar o'rtasidagi tafovut, o‘xshashliklari haqida gapirdi.

Bundan tashqari  teatr ustasi talabalarga sahna ko‘rinishlaridagi ayrim obrazlar rangtasvirda qanday aks etishi xususida qiziqarli ma’lumotlar berdi.

O'qilgan 589 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar