Версия для печати
Seshanba, 17 Dekabr 2024 15:18

Talaba-yoshlarimizning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida seminar tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar  huquqi  va  moliyaviy savodxonlik” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi. Seminarda talaba-yoshlarga bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘tgan tadbir talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 

O'qilgan 647 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar