Версия для печати
Dushanba, 27 Yanvar 2025 12:26

Indoneziyaga inshoolar tanlovi g‘oliblari tanlab olindi

“Ipak yo‘li” turizm va madniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida Indoneziya davlati mavzusida inshoolar yozish bo‘yicha tanlov tashkil qilinib, eng yaxshi inshoolar mualliflarining Indenoziya davlatiga 2 haftalik sayohati tashkil qilinishi e’lon qilingan edi. Universitetimiz talabalari tomonidan komissiya a’zolariga ushbu mavzuda 30 ga yaqin ingliz, rus va o‘zbek tillarida inshoolar kelib tushdi.

 24-yanvar kuni inshoolar tanlovi bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolari talabgorlarni alohida suhbatdan o‘tkazishdi. Avvalo yozgan inshoosi, uning mazmuniga e’tibor qaratilib, talabaning mutaxassisligi bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi. Komissiya xulosasi bilan Indoneziyaga tanlovi g‘oliblaridan 10 nafari tanlab olindi.

O'qilgan 571 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar