Версия для печати
Dushanba, 27 Yanvar 2025 16:06

Chekka hudud aholisiga psixologik xizmat ko‘rsatildi

2025-yilning 20-25-yanvar kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 15 ta mahalla fuqarolariga psixologik xizmat ko‘rsatdi.

Chunonchi, amaliyotchi psixolog tomonidan aholiga ruhiy madad berish maqsadida motivatsion treninglar tashkil etilib, ruhiy holatida muammolar bo‘lgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borildi. Ularning natijasida psixokorreksion ishlar ham amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarda inson o‘zini qabul qilishi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni oshiruvchi psixologik metodlardan foydalanildi.

O'qilgan 526 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar