Bugun 5-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, universitet iqtidorli talabalari ishtirokida mavzu doirasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Undan tashqari universitetda “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi ko‘rashish bo‘limi xodimlari R.S.Qobilov hamda M.Q.Axmedovlar tomonidan “Giyohvandlik va OITS — asr vabosi” mavzusida universitet talabalariga giyohvandlikka qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.