Bugun, 24-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor M.Tilavov birgalikda 1-bosqich Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan IR-124-guruhida “Bizni boshqarayotgan hissiyotlar” nomli psixologik trening tashkil etishdi.
Talabalarning ayni damdagi ruhiy holati, turli sharoitlarda o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniqlash uchun “Yomg‘ir ostidagi odam” proektiv metodi amaliyotda qo‘llanildi. Bu sinaluvchilarning stressli, noqulay hayotiy vaziyatlardagi hatti-harakatlarini ochib beruvchi samarali psixologik usul hisoblanadi. “Hissiyotlar estafetasi” o‘yini esa talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, psixoemotsional zo‘riqishga qarshi ajoyib vosita bo‘ldi.