Версия для печати
Seshanba, 25 Mart 2025 12:21

Universitet professor-o‘qituvchilari professional ta’lim tizimiga o‘quv-uslubiy yo‘nalishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Prezidentimizning “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yetakchi professor-oʻqituvchilari universitetga biriktirilgan Xiva turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet professor-oʻqituvchilari texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Shuningdek, texnikum xodimlari uchun kasb mutaxassisliklari boʻyicha me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha suhbatlar oʻtkazildi va amaliy ko‘mak berildi.
Hamkorlik doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va texnikum oʻqituvchilari birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, texnikum o‘quvchilari uchun kasbiy fanlardan onlayn darslar va seminarlar tashkil qilish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

O'qilgan 255 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar